Buyuk Britaniyada 1962—1965-yillarda chiqarilgan uch g‘ildirakli Peel P50 mitti avtomobili Floridada bo‘lib o‘tgan RM Sotheby’s auksionida sotildi. Ismi-sharifi oshkor etilmagan xaridor “dunyodagi eng kichik mashina” deya tan olingan avtomobil uchun 176 ming dollar to‘ladi, deya xabar beradi Motor.
Mazkur avtomobil shu kungacha saqlanib qolgan 26 ta (jami 47 dona chiqarilgan) Peel P50 dan biri ekanligi aytilmoqda.
Peel P50 Top Gear avtoshousi tufayli tanilgan: 2007-yilda efirga uzatilgan shouda boshlovchi Jeremi Klarkson mitti mashinada televideniye ofisida sayr qilgandi.
Izoh (0)