Erkin kislorod Yer atmosferasida 3,8 milliard yil oldindanoq mavjud bo‘lgan, bu ba’zi tadqiqotchilar taxmin qilgan vaqtdan 800 million yil avvalroqdir, deb yozadi “TASS”. Bunday xulosaga Kopengagen universiteti professori Robert Fray rahbarligidagi olimlar guruhi keldi.
Fray sayyoradagi eng qadimiy tog‘ jinslari — Grenlandiya g‘arbidagi 3,7—3,8 milliard yillik yo‘l-yo‘l temir rudasi formatsiyalarini izotop tahlildan o‘tkazdi. Natijada unda uchraydigan uran va ayniqsa xrom izotoplari turlari ushbu metallar o‘sha vaqtdayoq oksidlanishga uchragani aniqlandi, bu atmosferada, ehtimol juda kam miqdorda, kislorod mavjud bo‘lgani bilan izohlanadi.
Ayni paytda Fray Grenlandiyadagi Isua formatsiyalarida cho‘kindi jinslaridagi oltingugurt va fosfor izotoplarini o‘rganmoqda. Bu 3,8 milliard yil avval atmosferadagi kislorod zichligi qanday bo‘lganini aniqlash imkonini beradi. Olim va uning hamkasblari chiqaradigan xulosalar ilm-fanning sayyora endi paydo bo‘lgan vaqtlardagi evolyutsion jarayonlarning borishi haqidagi tushunchalariga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Izoh (0)