Xususiy Chikago tadqiqot universiteti olimlari yo‘llarda o‘zini tajovuzkorona tutish va shunga o‘xshash izohlab bo‘lmas darg‘azablik alomatlarini ifloslangan suv, aynigan go‘sht, kasallikka chalingan mushuk go‘ngida bo‘ladigan parazitlar keltirib chiqarishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Tadqiqotchilar toksoplazma deya nom olgan parazit ta’siriga duchor bo‘lgan insonlar o‘zgalarga nisbatan ikki barobar ko‘proq qisqa muddatli g‘azab va kuchli tajovuz ko‘rinishlarini boshidan o‘tkazishini aniqladi. Miya to‘qimasiga kirib boradigan mazkur parazit odamlarning taxminan 30 foizida uchraydi, biroq shu paytgacha uning bu kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi qayd etilmagandi.
Izoh (0)