Yevropaning bir nechta banklari Rossiyaning 3 milliard dollarlik obligatsiyalarini tarqatishda qatnashmaslikka qaror qildi, deb yozadi Meduza.
The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar qilishicha, tarqatishda BNP Paribas, Credit Suisse, Deutsche Bank, HSBC va UBS ishtirok etmaydi. Bunday qarorlar qanday sabablarga ko‘ra qabul qilingani noma’lum. Unicredit va Société Générale hozircha Rossiya obligatsiyalari bo‘yicha qarorga kelgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroittifoq hukumati Yevropa banklariga murojaat qilib, Rossiyaning jami 3 milliard dollarlik obligatsiyalarini sotib olmaslikni so‘ragan edi.
Izoh (0)