Mozambik qirg‘og‘idan topilgan ikki detalni o‘rganib chiqqan mutaxassislar ularning katta ehtimol bilan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyotiga tegishli bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Bu haqda Avstraliya transport vaziri Darren Chesterning bayonotiga asoslanib, Meduza xabar berdi.
“Tahlil bo‘laklar deyarli aniq MH370 ga aloqadorligini tasdiqladi”, — dedi Chester.
Aytilishicha, bo‘laklarning o‘lchamlari, shakli va rangi Boeing 777 ga mos kelmoqda.
Mozambik qirg‘og‘ida Malaysia Airlines kompaniyasining 2014-yil martida sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan samolyoti qoldig‘i bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan bo‘laklar mart oyining boshida topilgan edi, ammo o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalari endi e’lon qilindi.
Izoh (0)