Gretsiyaning Idomeni shahridagi chodirli lagerda 13 mingdan ortiq qochoq chegara ochilishini kutmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Gretsiya OAVlari xabariga ko‘ra, Bryusselda 22-mart kuni bo‘lib o‘tgan teraktlardan so‘ng lagerda umidsizlik yuzaga kelgan. Qochoqlar endi ularni Yevropada hech kim qabul qilishni istamasligini aytmoqda.
“Belgiya, kechir”, — deb yozdi qochoqlar plakatlardan biriga. “Biz terrorchilar emasmiz, biz qochoqlarmiz”, — deyiladi yana birida.
Izoh (0)