Xitoyning eng yirik internet kompaniyasi — Alibaba Group joriy yilning aprel oyida o‘zining dastlabki “aqlli” avtomobilini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, “Jenmin Jibao” gazetasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Kompaniya texnik direktori Van Szyanning so‘zlariga qaraganda, krossoverning detallari “internet-avtomobil” namoyishi bilan bir paytda ko‘rsatiladi. Mashinaning elektr batareyasi 160 ming kilometr yo‘l yurilganidan so‘ng ham o‘z quvvatini 80 foizgacha saqlab qola olishi aytilmoqda.
“Aqlli” avtomobil turli zamonaviy texnologiyalar, jumladan, kompyuter, sensor, kommunikatsiya vositalari, avtomatik boshqaruv tizimi bilan jihozlanadi.
Avtomobil Shanghai Automotive Industry Corporation (SAIC) bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Loyihaga 800 nafar olim jalb qilingan.
Muqaddam avtomobil Roewe City SUV nomini olishi mumkinligi hamda 25-apreldan 4-maygacha o‘tkaziladigan Pekin avtosalonida taqdim etilishi xabar qilingan edi.
Izoh (0)