Ukrainaning Kirovograd shahri markazidagi Preobrajenskaya ko‘chasida shikast yetkazuvchi metall elementlar bilan to‘ldirilgan qurilma portlab ketdi. Bu haqda TJournal xabar beradi.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, portlovchi qurilma “Grand-tur” sayyohlik firmasi binosidagi chiqindi bakida bo‘lgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, portlovchi qurilma sayyohlik firmasi eshigidagi quyma plastik quvurga yashirilgan bo‘lgan.
Portlash natijasida bir kishi jabrlangan, u shifoxonaga yetkazilgan. Binoning derazalari singan, bir nechta avtomobilga zarar yetgan.
Hodisa joyi o‘rab olingan, u yerda qutqaruvchilar ishlamoqda.
Izoh (0)