22-mart, seshanba kuni Bryusseldagi ketma-ket portlashlar haqidagi xabarlar fonida jahon bozoridagi neft narxi pasaya boshladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Toshkent vaqti bilan 14:12 holatiga ko‘ra, Brent markasidagi neftning may oyidagi fyucherslari 0,14 foizga — barreliga 41,48 dollargacha tushib ketdi. WTI markasidagi neftning may fyucherslari esa 0,10 foizga arzonlashib, u ham bir barrel uchun 41,48 dollarni tashkil etdi.
22-mart, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 8:00 atrofida Bryusselning “Zaventem” aeroportida ikki portlash yuz berdi, oradan biroz vaqt o‘tib, Bryussel metrosida ham portlash yuz bergani haqida xabar berildi.
Izoh (0)