O‘zbekistonda “Elektron hukumat” dasturi doirasida mamlakat aholisi va yuridik shaxslarning markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratiladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan, mamlakatda doimiy yashaydigan shaxslar haqidagi umumiy ma’lumotlar bir joyga to‘planadi.
Ular faoliyati fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan barcha axborot tizimlari uchun ochiq bo‘ladi.
Jismoniy shaxslarning ma’lumotlar bazasi “Elektron hukumat” o‘zagi orqali turli hududlarda yashovchi aholi sonini hisoblash, ro‘yxatlar tuzish (masalan, saylov kampaniyalari o‘tkazish uchun) imkonini beradi.
Izoh (0)