O‘zbekistonda 15-mart, seshanba kuni havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
15-martga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati -3 darajagacha soviydi, qolgan hududlarda +7...+10 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
15-mart kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +15 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +17 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +18 darajagacha iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida havo harorati +18...+20 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +17...+22 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +18...+23 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +20...+25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida, shuningdek, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 15-martga o‘tar kechasi va 15-mart tongida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Izoh (0)