O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi Anqarada 13-mart kuni yuz bergan terakt oqibatida jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega emas. Bu haqda, 14-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq Turkiya poytaxti Anqarada terakt yuz bergani, portlash oqibatida 37 kishi halok bo‘lgani, 125 kishi jabrlangani haqida xabar berilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash ikki xudkush tomonidan amalga oshirilgan.
Izoh (0)