Toshkent Kichik halqa yo‘lining Boshliq mavzesidan o‘tgan qismida 14-mart, dushanba kuni uch avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida xabar qoldirilgan.
Xabarga ilova qilingan fotosuratlarda Chevrolet Spark’ning ortidan Damas, uning ortidan esa Epica urilganini ko‘rish mumkin.
Hodisa qanday va nima sababdan yuz bergani aniq emas. Jabrlanuvchilar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)