Rossiya Qimmatbaho metallar va toshlar davlat jamg‘armasini shakllantirish bo‘yicha davlat muassasaning sobiq rahbari Vladimir Ribkin o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga tayanib, “Interfaks” xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Muassasa Ribkinning o‘limini tasdiqlab, u 4-mart kuni vafot etganligi va 10-mart tongida dafn etilganligini ma’lum qildi. Boshqarma hodisa tafsilotlari haqida xabar qilmadi.
68 yoshli Ribkinning jasadi o‘tgan shanba, 5-mart kuni Zubovskiy xiyobonidagi 25-uyning yaqinidan topilgan. Oxirgi paytlarda xastalik tufayli Ribkin tushkunlikka tushganligi ma’lum qilinmoqda. Unda balandlikdan qulashga xos shikastlanishlar qayd etilgan.
Izoh (0)