Muhojirlar tushgan kichik kema Turkiya qirg‘oqlari yaqinida cho‘kib ketishi oqibatida besh kishi, jumladan, bir nafar bola nobud bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 9-mart, chorshanba kuni kechki payt Chanoqqal’a viloyatida ro‘y bergan. Kemada afg‘onistonlik va eronliklar bo‘lgani bildirilmoqda.
Sohil qo‘riqlash xizmati to‘qqiz kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lgan, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan.
Izoh (0)