AQShda tashqi ko‘rinishi bilan internet foydalanuvchilari yuragini zabt etgan “eng kelishgan jinoyatchi” ozodlikka chiqdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
New York Daily News ma’lumotlariga ko‘ra, Jeremi Miks o‘qotar qurolni noqonuniy saqlagani uchun jazoni o‘tagan, biroq bu unga yirik model agentligi bilan shartnoma tuzishiga xalaqit bermagan. U kelgusida aynan shu biznes bilan shug‘ullanish niyatida.
Miks uning fotosi Stokton shahri politsiyasining Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingach mashhur bo‘lib ketdi. Suratga 100 mingdan ziyod foydalanuvchi “layk” bosgan, 12,8 ming marta bo‘lishilgan, qoldirilgan izohlar soni esa salkam 27 mingtaga yetgan.
Izoh (0)