Misrning Sinay yarimoroli janubida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 12 nafari politsiyachi, to‘rt nafari talabadir. Ikki kishining shaxsi aniqlanmadi, deb xabar beradi “TASS”.
Fojia Abu-Rudays va at-Tor aholi yashash punktlari o‘rtasidagi yo‘lda ro‘y bergan. Odam to‘la mikroavtobus katta tezlikda yuk mashinasiga urilgan.Avariya sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)