O‘zbekistonda 11-mart, juma kuni havo o‘zgarib turadi, Surxondaryo viloyati va tog‘li hududlardan boshqa joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
11-martga o‘tar kechasi tog‘li hududlarda havo harorati +7 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +9 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +10 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +12 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
11-mart kuni kunduzi tog‘li hududlarda havo harorati +15 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +20 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +22 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa +25 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
11-mart kuni Surxondaryo viloyati va tog‘li hududlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Izoh (0)