O‘zbekiston BMT bosh kotibiga rasmiy xat yuborib, Shanxay xalqaro hamkorlik tashkiloti faoliyati haqida hisobot berdi, deb yozadi “Gazeta.uz” BMT Yangiliklar markaziga tayanib. Iyul oyida O‘zbekiston ushbu tashkilot raisligini egallagan edi.
O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Muzaffar Marahimovning maktubida aytilishicha, ShHTga a’zo mamlakatlar “ishonch va do‘stona qo‘shnichilik munosabatlariga asoslangan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar”ni amalga oshirgan.
O‘zbekiston doimiy vakili so‘zlariga ko‘ra, ShHTning doimiy faoliyatda bo‘lgan ikkita organi — bosh qarorgohi Pekinda bo‘lgan Kotibiyat hamda bosh qarorgohi Toshkentda bo‘lgan Mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi samarali ish olib bormoqda.
“ShHT mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish, ishbilarmonlar va moliyaviy muassasalar o‘rtasidagi bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yishga birlamchi ahamiyat qaratadi”, — deyiladi xatda.
Izoh (0)