Laosda noma’lum jinoyatchilar tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida bir nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘ldi, yana uch nafar xitoylik jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hujum 1-mart, seshanba kuni kechki payt Luangxabang provinsiyasida sodir etilgani, Xitoy investitsion kompaniyasi xodimlariga qarshi qaratilgani bildirilmoqda.
Bu Laosda Xitoy fuqarolariga nisbatan uyushtirilgan ilk hujum emas. Yanvar oyida Saysombun provinsiyasida noma’lum kimsalar hujumi tufayli ikki nafar xitoylik nobud bo‘lgan, bir kishi yaralangandi.
Izoh (0)