Janubiy Xitoydagi Guandun viloyati sog‘liqni saqlash mutasaddilari mamlakatda Zika bezgagiga chalinish bilan bog‘liq o‘ninchi holat aniqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Markaziy Xitoy televideniyesi xabariga ko‘ra, xavfli virus viloyatning 40 yoshli fuqarosida aniqlangan. Oldinroq uning ikki nafar farzandida kasallik alomatlari topilgani aytilmoqda. Hozirda bemor kasalxonaga joylashtirilgan bo‘lib, uning ahvoli barqaror ekanligi bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoyda birinchi bo‘lib Zika bezgagiga chalingan kishi tuzalib, shifoxonadan chiqqani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)