Xitoy bojxonachilari Gonkongdan Shenchjenga to‘qqiz mingta xotira kartasini o‘z tanasiga skotch yordamida o‘rab olgan holda olib o‘tishga uringan erkakni qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda South China Morning Post.
Bojxonachilar hisobotida aytilishicha, xotira kartalarining umumiy qiymati qariyb 15 ming dollarni tashkil etgan. Erkak davlat xizmatchilariga 7,6 ming dollar pora taklif qilgan.
Ushbu voqeadan bir soat avval xuddi shu yo‘l bilan keksa ayol 10 mingta xotira kartasini chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lgan, u ham hibsga olingan.
Nashr ta’kidlashicha, xitoylik bojxonachilar kontrabandachilarni elektron qurilmalar bilan muntazam ravishda qo‘lga tushiradi, chunki Gonkongda ular ko‘pincha arzon narxda sotiladi.
Izoh (0)