Bag‘dod shimoli-sharqida sodir bo‘lgan portlash natijasida kamida 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”. Yana kamida 50 kishi yaralandi.
Hodisa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda, portlash janoza vaqtida yuz bergani ma’lum, xolos.
Xabarlarga ko‘ra, qurbonlar orasida Xalq safarbarlik kuchlari (shia isyonchilari) yetakchilari bo‘lishi mumkin.
Hozircha hujum yuzasidan hech kim javobgarlikni bo‘yniga olgani yo‘q.
Izoh (0)