Stiv Jobs AQShning San-Fransisko shahrida pulli parkovka uchun 174 dollar ortiqcha pul to‘lab, hukumat ushbu mablag‘larni qaytarib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga tushib qoldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Shahar, shuningdek, Uber rahbari Trevis Kalanikka 510 dollar, PayPal asoschilaridan biri Piter Tilga 170 dollar to‘lamoqchi.
17 yil ichida San-Fransisko parkovka uchun oshig‘i bilan to‘langan pul ko‘rinishida jami 6,1 million dollar “ortiqcha” mablag‘ga ega bo‘lgan.
Izoh (0)