Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning fikricha, uning boshqaruvchidagi respublika terrorchilik ustidan uzil-kesil g‘alaba qozonilgan dunyodagi yagona hududdir, deb yozadi “Interfaks”.
“Checheniston qisqa muddatda terrorchilik butunlay yengib o‘tilgan dunyodagi yagona joydir. Bugungi Checheniston dushman ustidan umumiy g‘alabamiz natijasidir. Vaziyat o‘ta barqaror, hokimiyatning barcha tarmoqlari shakllantirilgan va samarador ishlamoqda”, – deb yozdi Qodirov Instagram’dagi sahifasida.
Shuningdek, u saylovlardan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin belgilab bergan har qanday lavozimda ishlashga tayyorligini yana bir bora ta’kidlab o‘tdi.
“Checheniston Respublikasi rahbari lavozimidagi vakolatim muddati tugashiga bir oydan ko‘proq vaqt qolmoqda. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin respublika rahbariga nomzodlar bo‘yicha takliflarini kiritadi, xalq uni umumiy saylov yo‘li bilan tanlaydi. Men butun mas’uliyat bilan ta’kidlaymanki, RF Prezidentining har qanday qarorini, har qanday buyrug‘ini qabul qilaman”, – deb qo‘shimcha qildi Qodirov.
Izoh (0)