Hindistonning sobiq poytaxti Mumbay shahri ma’muriyati shaharning 16 hududida selfiga tushishni man etdi. The Guardian nashrining ma’lum qilishicha, politsiya ushbu hududlarda selfi tushishni juda xavfli deb hisoblagan.
Bundan buyon politsiya patrullari belgilanmagan joyda selfi tushganlarni jarimaga tortish huquqiga ega bo‘ladi.
Hindiston selfi tushish paytida yuz bergan o‘limlar bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birida turadi. 2014-yildan beri jahonda selfi bilan bog‘liq 49 o‘lim holatining 19 tasi aynan shu davlatda ro‘y bergan.
Izoh (0)