Yaponiyada Janubiy va Shimoliy Amerikada Zika bezgagi tarqalganidan beri mazkur virusni yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. Bu haqda 24-fevral, payshanba kuni mamlakat sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallik 22-fevral kuni Braziliyadan ikki haftalik safardan qaytgan Kanagava prefekturasida yashovchi fuqaroda aniqlangan. 20-fevralda uning harorati ko‘tariladi, biroq u Yaponiyaga qaytgach, bu haqda karantin hududi xodimlariga ma’lum qilmagan, buni aeroportda o‘rnatilgan teplovizorlar ham qayd etmagan. Ayni paytda u davolanish kursini o‘tamoqda.
Shu bilan birga, vazirlik vakilining bildirishicha, “chivinlar mavsumi” bo‘lmagani uchun Yaponiyada kasallik tarqalishi xavfi mavjud emas. Mazkur kasallik mamlakatda 2013 va 2014-yillarda ham kuzatilgani aytilmoqda.
Izoh (0)