AQShning Arizona shtati, Finiks shahrida noma’lum kimsa tomonidan o‘t ochilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Politsiyaga qurolli qarshilik ko‘rsatgan erkak ham o‘ldirilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Finiks politsiyasi serjanti Trent Krampning bildirishicha, erkak uyda janjal ustida uch nafar yaqinlarini otib tashlagan va bir qizaloqni yaralagan (u keyinchalik kasalxonada vafot etgan). Qotil va uning qurbonlari ism-sharifi, yoshi, ularning qanday qarindosh ekanliklari ma’lum qilinmagan.
Jinoyatdan so‘ng erkak uyga o‘t qo‘ygan. Yong‘inni bartaraf etishga kelgan o‘t o‘chiruvchilar, uyda istiqomat qiluvchilar nobud bo‘lganidan bexabar, ularni qutqarishga harakat qilgan. Jinoyatchi politsiyachilarga alanga olgan uydan o‘q uzgan va shundan so‘ng unga nisbatan qurol qo‘llangan.
Izoh (0)