Suriyada 2011-yil martida mojaro boshlanganidan beri 271 138 kishi halok bo‘lgan. Ulardan 79106 nafari tinch aholi vakillari edi. Bu haqda Suriyada inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv kengashi ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Interfaks”.
Huquq himoyachilari nobud bo‘lganlardan 13597 nafari voyaga yetmaganlar, 8760 nafari esa ayollar ekanligini bildirgan.
Suriyadagi mojaro 2 million kishi yaralanishi, 11 million kishi esa o‘z uyini tark etishiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)