Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Suriyaning Xoms va Damashq shaharlarida sodir etilgan teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 177 kishiga yetdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Oldinroq teraktlarda 146 kishi nobud bo‘lgani bildirilgandi.

Teraktlar 21-fevral kuni amalga oshirildi. Yakshanba kuni tongda Xoms g‘arbidagi Az-Zahro dahasida, Sittin ko‘chasida minalashtirilgan avtomobillar mahalliy universitet talabalarini mashg‘ulotlarga tashiydigan mikroavtobuslar turargohida portlatilgan. O‘sha kunning adog‘ida Damashqning shialar istiqomat qiladigan tumanlarida bir nechta portlash sodir etilgan.

IShID tomonidan uyushtirilgan mazkur teraktlar 2011-yil bahoridan, Suriya hududida hukumat va terrorchi guruhlar o‘rtasida qarama-qarshilik boshlanganidan beri eng qonlisi ekanligi aytilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi