Fevral oxirigacha Buxoro va Surxondaryoda havo harorati +28 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekistonda 23—27-fevral kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
Toshkent shahri
Toshkent shahrida 23—27-fevral kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi esa +18...+23 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 23—27-fevral kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi — 20, 26—27-fevral kunlari +15...+20 daraja iliq, 24—25-fevral kunlari +25 darajagacha iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 23-fevral kuni kechasi +5...+10 daraja, 24—27-fevral kunlari kechasi esa +7...+12 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi +20...+25 daraja iliq, 24—25-fevralda esa ba’zi joylarda +28 darajagacha iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +18...+23 daraja iliq, ba’zi joylarda +25 darajagacha iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +8...+13 daraja iliq, kunduzi 23-fevral kuni +22...+27 daraja, 24—27-fevral kunlari +20...+25 daraja iliq, ba’zi joylarda +28 darajagacha iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 23-fevralga o‘tar kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +15...+20 daraja iliq bo‘ladi. 24—27-fevral kunlari kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +18...+23 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24-fevralda qor ko'chishi xavfi bor. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)