O‘zbekistonda kuzgacha “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlash rejalashtirilmoqda, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17-fevral kuni tasdiqlangan qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturida ko‘zda tutilgan.
Qarorda ta’kidlanishicha, ayni paytda O‘zbekistonda kinematografiya sohasidagi davlat siyosati bir qator qonun osti hujjatlari orqali tartibga solinadi, ular muammolarning tor doirasini o‘z ichiga oladi. Ko‘plab qonuniy munosabatlar qonunchilik bilan umuman tartibga solinmaydi.
Yangi qonun kinematografiya va unga bog‘liq sohalarga nisbatan qonuniy nazoratning yagona va to‘liq tizimini o‘rnatadi.
Qonun, xususan, filmni ishlab chiqish, tarqatish, saqlash va namoyish qilish, kinosanoatning iqtisodiy asoslari, xorijiy filmlar ijarasi, shuningdek, ushbu sohada faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlari huquq va manfaatlari himoyasi masalalarini qamrab oladi.
Izoh (0)