Bugun, 21-fevral kuni, soat 14:13 atrofida O‘zbekistonning bir necha shaharlarida yerosti silkinishlari sezildi, deb xabar qiladi “Anons.uz”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yerosti silkinishlari kuchi O‘zbekistonda 3 ballni tashkil etgan, deb yozadi nashr.
Zilzila epitsentri Afg‘onistonning Hindikush tog‘lari hududida joylashgan. Yervopa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi zilzila markazida yerosti silkinishlari kuchi 5,4 magnitudani tashkil etgani haqida ma’lumot bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida oxirgi marta 18-fevral kuni yerosti silkinishi sezilgandi.
Izoh (0)