Futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida Yaponiya va Vyetnam terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng yarim finalning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
Ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy hamda qo‘shimcha vaqtida hisob teng bo‘ldi—4:4. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida 2:1 hisobi bilan Vyetnam g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
19-fevral, juma kuni soat 16:00 da O‘zbekiston Tailandga, shu kuni 19:00 da esa Eron Vyetnamga qarshi final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.
Izoh (0)