Eron hech qachon yadro quroli yaratish bilan shug‘ullanmagan va kelajakda ham bunga qo‘l urish niyati yo‘q. Bu haqda Eron mudofaa vaziri Husayn Dehgon “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz hech qachon yadro jangovar kallaklari, ularni eltuvchi raketalar yaratish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaganmiz. Barcha ballistik raketalarimiz himoya funksiyalarini bajaradi, xolos”, — deya ta’kidlagan vazir.
Ayni paytda Rossiyada tashrif bilan bo‘lib turgan vazir ushbu mamlakatdan faqat mudofaa qurol-aslahalari sotib olish rejalashtirilganini bildirdi.
Izoh (0)