Iroq neft qazib chiqarish hajmini joriy yil yanvaridagi darajada saqlab qolishga tayyor. Bu haqda Iroq neft vazirligidagi manbasiga tayanib, “As-Sumariya” kanali xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
“Iroq neft qazib chiqarishni yanvar darajasida ushlab turishga tayyor, agarda OPEK (Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) mamlakatlari, shuningdek, ushbu xomashyoning bu tashkilotga kirmaydigan yirik ishlab chiqaruvchilari mazkur masala bo‘yicha kelishuvga erishsa”, — dedi manba.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Bag‘dod “neft bozoridagi narxni saqlab turishga qaratilgan har qanday qarorni” qo‘llab-quvvatlaydi.
Avvalroq Rossiya, Saudiya Arabistoni, Qatar va Venesuela 2016-yilda neft qazib chiqarish hajmini yanvar oyidagi darajada saqlab qolishga tayyorligini bildirgan edi.
Izoh (0)