Ukraina Oliy Radasi bosh vazir Arseniy Yatsenyuk rahbarligidagi Ukraina Vazirlar mahkamasiga ishonchsizlik haqidagi qaror loyihasini yoqlab ovoz bera olmadi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hukumatga ishonchsizlik haqidagi qaror loyihasi uchun 16-fevral, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisda 194 nafar xalq deputati ovoz berdi, loyiha qabul qilinishi uchun esa kamida 226 ta ovoz to‘planishi kerak.
Ukraina qonunchiligiga muvofiq, hukumatga ishonchsizlik to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilinmagan taqdirda, uni navbatdagi sessiyadagina qaytadan ovozga qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)