Ukraina bosh prokurori Viktor Shokin prezident Pyotr Poroshenkoga lavozimidan iste’foga chiqish haqidagi arizasini topshirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Bu haqda “Ukrainskaya Pravda” nashri bosh prokuraturadagi manbasiga tayanib xabar berdi. “Shokin iste’fo berdi”, — dedi nashr suhbatdoshi.
Ma’lumotni Pyotr Poroshenko bloki fraksiyasidan xalq deputati Mustafa Nayyem ham tasdiqladi.
Avvalroq prezident Poroshenko Vazirlar mahkamasi, bosh vazir Yatsenyuk va bosh prokuror Shokindan iste’foga chiqishni so‘ragan edi. Keyinroq Ukraina Oliy Radasi bosh vazir Arseniy Yatsenyuk rahbarligidagi Ukraina Vazirlar mahkamasiga ishonchsizlik haqidagi qaror loyihasini yoqlab ovoz bera olmagani xabar qilindi.
Izoh (0)