Xitoylik iste’molchilar 2015-yilda xorijda 183 milliard dollar (1,2 trillion yuan) sarfladi, bundan 116,8 milliard dollari hashamatli buyumlarni sotib olishga sarf etildi. Bu haqda Fortune Character tadqiqot instituti ma’lumotlariga tayanib, “RBK” xabar qilmoqda.
Tadqiqotlarga ko‘ra, xitoyliklar 2015-yilda ishlab chiqarilgan lyuks toifasidagi buyumlarning 46 foizini sotib olgan. Bunday buyumlar sirasiga sumka, kosmetika va mobil gadjetlar kiradi.
Xitoy hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatning 120 million fuqarosi xorijga chiqqan va ularning xarajatlari jahon iste’molining kamida 12 foizini tashkil etgan.
Xitoy savdo vazirligidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatda lyuks tovarlarning o‘rtacha narxi AQShga qaraganda 51 foizga, Fransiya bilan solishtirganda 72 foizga qimmat. Narxlardagi bunday farq hashamatli buyumlarga solinadigan uchta soliq bilan bog‘liq: import boji (10—35%), qo‘shimcha qiymat solig‘i (17%) va iste’molchi solig‘i (30%).
Izoh (0)