• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Savol-javob: Kim iqtidorliroq — chapaqaymi yo o‘naqay?

    • Nima bo‘ldi?
    • O‘naqaylar chapaqaylardan necha barobar ko‘p?
    • Odamlar nima uchun chapaqay bo‘lib tug‘iladi?
    • Chapaqaylar iqtidorliroq, degan gap qayerdan chiqqan o‘zi?
    • Xo‘sh, oxiri nima bo‘ldi?
    • Chapaqaylarda motorika bilan bog‘liq muammo bormi? Bolalarni o‘ng qo‘lga o‘rgatgan ma’qulmi?
    • Biroq jahonda hamma narsa o‘naqaylar uchun mo‘ljallangan. Chapaqaylar tez-tez noqulayliklarga duch keladimi?

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Nima bo‘ldi?

    Chapaqaylar o‘naqaylarga nisbatan iqtidorliroq bo‘ladi, degan fikr bor. Olimlar bu haqda o‘z ilmiy ishlarida nimalar deganiga Meduza nashri qiziqib ko‘rdi. Dastlab, umumiy narsalar haqida.

    O‘naqaylar chapaqaylardan necha barobar ko‘p?

    Taxminan, o‘n barobar. Chapaqay erkaklar chapaqay ayollarga nisbatan ikki marta ko‘proq uchraydi.

    Odamlar nima uchun chapaqay bo‘lib tug‘iladi?

    Aniq javob yo‘q. Bu, to‘liq bo‘lmasa-da, genetika bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bir tuxum hujayradan paydo bo‘lgan egizaklarda genlar bir xil bo‘ladi, biroq bunday juftliklarning 17 foizida ishchi qo‘llar har xil bo‘ladi. Ba’zan homilada chapaqaylik tashqi ta’sirlar natijasida yuzaga keladi. Masalan, bir tadqiqotga ko‘ra, agar ona homiladorlik vaqtida tez-tez stress holatiga tushgan bo‘lsa, chaqaloqning chapaqay bo‘lib tug‘ilishi imkoniyati oshadi. Yana orttirilgan chapaqaylik ham bor — biror jarohat yoki boshqa bir hodisa sabab kishi chapaqay bo‘lib qoladi.

    Chapaqaylar iqtidorliroq, degan gap qayerdan chiqqan o‘zi?

    Odamlar, katta ehtimol bilan, ko‘plab taniqli shaxslar chapaqay ekanligiga e’tibor qaratgan. 1970-yillar oxiridan beri tadqiqotchilar tomonidan chapaqaylik bilan iste’dod o‘rtasidagi bog‘liqlikka bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy ishlar e’lon qilingan. Har xil tadqiqotlar o‘tkazilgan: chapaqaylar ko‘pincha iqtidorli rassomlar, me’morlar, musiqachilar, matematiklar orasida uchrashi haqidagi nazariyalar tekshirilgan. Bolalar va o‘smirlar ishtirokida tajribalar o‘tkazilgan.

    Xo‘sh, oxiri nima bo‘ldi?

    E’lon qilingan tadqiqot natijalari chapaqaylar qaysidir yo‘nalishda o‘naqaylarga nisbatan yaqqol ustun ekanligi haqida fikr bildirishga asos bermaydi. Ba’zi tadqiqotlar chapaqaylarning iqtidorli ekani haqidagi nazariyalarni tasdiqlagan, biroq keyinchalik bu ilmiy ishlarning hisoblash uslubida jiddiy kamchiliklar borligi aniqlangan. 2009-yili avstraliyalik olimlar e’lon qilgan boshqa bir tadqiqot doirasida 4—5 yosh oralig‘idagi besh ming bola haqida axborot to‘plagan. Unda bolalar bilan katta intervyular uyushtirilgan, ulardan o‘qish, yozish, turli ijodiy topshiriqlarni bajarish so‘ralgan. Tadqiqot davomida chapaqay bolalar motorika (yozish, rasm chizish) bilan bog‘liq vazifalarni qiyinchilik bilan uddalagan. Ayni vaqtda, iqtidorli ekani ochiq ko‘rinib turgan bolalar soni chapaqaylar orasida ham, o‘naqaylar orasida ham teng chiqqan. Motorika bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni barcha bolalar bir xilda muvaffaqiyatli uddalagan.

    Chapaqaylarda motorika bilan bog‘liq muammo bormi? Bolalarni o‘ng qo‘lga o‘rgatgan ma’qulmi?

    Yo‘q. Birinchidan, tadqiqotlar motorika bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda chapaqay va o‘naqaylar o‘rtasida uncha katta bo‘lmagan farqlar borligini ko‘rsatgan, xolos. Ikkinchidan, u yoki bu qo‘lda yozishga qayta o‘rgatish foydadan ko‘ra ko‘proq zararli ekani haqida olimlar ancha avval aniq xulosaga kelib bo‘lgan. O‘naqay, masalan, yozma topshiriqni bajarayotgan vaqtda, miyasining asosan chap yarim shari ishlab turadi. Chapaqayda esa aksincha — o‘ng yarim shar. Qayta o‘rgatish miya faoliyatiga qariyb ta’sir ko‘rsata olmaydi. O‘ng qo‘lda yozishga o‘rgatilgan chapaqay, aksariyat hollarda, to‘pni chap qo‘li bilan uloqtiradi yoki o‘tinni chap qo‘li bilan yoradi. Bundan tashqari, qayta o‘rgatish vaqtida bolada ruhiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Qo‘lni bog‘lab qo‘yish yoki barmoqlarga chizg‘ich bilan urish uslublari haqida-ku, umuman gapirmasa ham bo‘ladi.

    Biroq jahonda hamma narsa o‘naqaylar uchun mo‘ljallangan. Chapaqaylar tez-tez noqulayliklarga duch keladimi?

    Ha. Ammo vaqt-soati bilan odamlar jahonda o‘naqaylardan tashqari boshqalar ham borligini tushunib yetadi. Chapaqaylar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar — sport uskunalari, pichoq, qaychi, ruchka, soat, kiyim-kechak kabilarni ishlab chiqarayotgan kompaniyalar safi borgan sari ko‘payib bormoqda.
    12.02.2016, 14:45   Izoh (0)   47875
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xotirasini yo‘qotgan kanadalik 30 yildan so‘ng kimligini esladi

    12.02.2016, 14:38

    Koreya aviakompaniyasi rahbari samolyotda janjal ko‘targan qizi uchun omma oldida uzr so‘radi

    12.02.2016, 12:54

    Seul KXDR raketasi tarkibiy qismlarining Rossiyaga tegishli ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi

    12.02.2016, 10:16

    Olimlar Eynshteyn bashorat qilgan gravitatsiya to‘lqinlarini qayd etdi

    12.02.2016, 09:56

    Yoqutistonliklar va WhatsApp 50 darajali sovuqda mashinasi buzilgan qirg‘izistonlikka xurmo sotishda yordam berdi

    12.02.2016, 09:55

    Braziliyada Zika bezgagi tufayli uchinchi kishining nobud bo‘lgani tasdiqlandi

    12.02.2016, 09:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya sobiq prezidenti rafiqasi hibsga olindi

    Dunyo | 13 avgust, 08:30

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.