Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlari tomonidan mamlakat miqyosida o‘tkazilgan maxsus operatsiyalar chog‘ida kamida 36 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Operatsiyalar chog‘ida to‘rt nafar jangari qo‘lga olingan, yana 25 nafari jarohatlangan. Shuningdek, qurol-aslaha musodara etilgani va bir necha mina zararsizlantirilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)