Kanadaning Sent-Ketrins shahri fuqarosi 51 yoshga kirgach, o‘zi 1986-yilda unutib qo‘ygan haqiqiy ism-sharifi va kelib chiqishini esladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Erkak ijtimoiy masalalar bo‘yicha xodim huzuriga kelib, uning ismi Edgar Latyulip, asli Kitchener shahridan ekanligini aytdi. 1986-yilda — 21 yoshida u aqliy norasolikdan azob chekkan. Ona shahridan Niagara sharsharasiga ketayotib, yo‘lda Latyulip boshidan shikastlanganidan so‘ng ism-sharifi va qayerda yashashini unutib qo‘ygan.
Onasi uni nogironligidan foydalanib, o‘g‘irlab ketishgan, degan xulosaga kelgan. 30 yil davomida u Sent-Ketrinsda yashab, ishlab yurgan vaqtida bedarak yo‘qolgan deb hisoblanib kelgan. Ushbu ikki shaharni esa mashinada bir yarim soatlik yo‘l ajratib turadi.
Izoh (0)