“Donetsk Xalq Respublikasi” ayirmachilari 2014-yil yozida o‘ldirilgan 17 yoshli Stepan Chubenkoning boshini uning onasiga jo‘natdi. Bu haqda Donetsk viloyat ma’muriyati raisining o‘rinbosari Igor Stokoz ma’lum qildi, deya xabar beradi “Segodnya.ua”.
Uning aytishicha, yigit Kramatorskda yashagan, futbol bilan shug‘ullangan va mahalliy “Avangard” yoshlar jamoasi darvozaboni bo‘lgan. Ayirmachilar sportchini 2014-yili Donetsk atrofida, poyezdda qo‘lga olgan.
“Yigit yagona va bo‘linmas Ukraina tarafdori bo‘lgan, ayirmachilar bilan bahsga kirishgan va shafqatsizlarcha o‘ldirilgan. Uning onasi uzoq vaqt sarson-sargardon bo‘lib, oxiri o‘g‘lining boshsiz jasadini oldi: ayirmachilar bosh ekspertizadan o‘tkazish uchun Rostovga yuborilganini bildirgan. Yigit shu holda, yopiq tobutda ko‘mildi. Yaqinda esa onaga uning boshini jo‘natishgan”, — deya ta’kidlaydi Stokoz.
Izoh (0)