3D-printerda chop etilgan dunyodagi birinchi tirik organ “Skolkovo” fondining biologiya va tibbiyot texnologiyalari klasterida yaratildi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Sun’iy qalqonsimon bez sichqonga muvaffaqiyatli tarzda o‘rnatildi, organ ishlab, garmonlar ishlab chiqarmoqda.
Organlarni uch o‘lchamli ko‘rinishda chop etish texnologiyasini 2003-yilda ishlab chiqa boshlashdi va 2006-yilda AQShda patentlashdi. Aslida bioprinter tirik hujayralarni biologik mos asosda aniq joylashtirish uchun qurilmadir.
Qatlam-qatlam generatsiya uslubida olingan uch o‘lchamli to‘qima tuzilmalari — uning ishi natijasi. Biroq qurilmalarning ishlashi o‘zaro farq qiladi.
Hozircha 3D-printerda organlarni chop etish laboratoriya eksperimentlaridir, ammo ular texnikani takomillashtirish imkonini beradi va kelajakda sun’iy jigar va buyraklar ham yaratilishi mumkin.
Izoh (0)