Twitter ijtimoiy tarmog‘i kelasi haftada tvitlarni aks ettirish uchun yangi algoritm kiritmoqchi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Ayni paytda tvitlar davriy tartibda aks etadi, biroq yangi algoritm foydalanuvchi nimani ko‘rishni istashini aniqlaydi va yozuvlarni ushbu tamoyil bo‘yicha chiqaradi. Ta’kidlanishicha, bu algoritm Facebook’ning ishlash tamoyiliga o‘xshab ketadi.
Yangi algoritmga foydalanuvchining o‘zi xohishiga ko‘ra ulanadimi yoki bu doimiy rejimga aylanadimi — aniqlik kiritilmayapti.
Izoh (0)