Shimoliy Koreya aerokoinot agentligi sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan tashuvchi raketa muvaffaqiyatli uchirilgani haqidagi hisobotni chop etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, “Kvanmyoson-4” sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan raketa Soxe kosmodromidan mahalliy vaqt bilan 9:00 da uchirilgan va oradan 9 daqiqa va 46 soniya o‘tib, qurilmani belgilangan orbitaga olib chiqqan. Sun’iy yo‘ldoshda Yerni kuzatishga mo‘ljallangan telekommunikatsiya jihozlari o‘rnatilgani aytilmoqda.
Koreya markaziy telegraf agentligi xabarida fan va texnikaga katta e’tibor qaratayotgan Koreya Mehnat partiyasi xizmatlari e’tirof etilib, “muvaffaqiyatli parvoz olim va muhandislarning o‘rtoq Kim Chen Inga sovg‘asi” ekanligi bildirilgan.
Izoh (0)