AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden Facebook’da akkauntiga ega bo‘ldi va unga ilk videoyozuvni joyladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Facebook’dagi sahifamga xush kelibsiz, — deya qarshi olgan Bayden foydalanuvchilarni. — AQSh vitse-prezidenti birinchi bor unga ega bo‘lmoqda. Sahifam barchamiz uchun ahamiyatli muammolar haqida gaplashishimiz mumkin bo‘lgan minbarga aylanishini istardim”.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini “katta dunyo fuqarolari” deb atagan vitse-prezident Butunjahon saratonga qarshi kurash kunida ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tdi. U saraton kasalliklariga qarshi kurash bo‘yicha maxsus ishchi guruhni boshqaradi (Baydenning katta o‘g‘li Bo 46 yoshida saraton tufayli olamdan o‘tgan).
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil noyabrida AQSh prezidenti Barak Obama ham Facebook’da shaxsiy sahifasiga ega bo‘lgandi.
Izoh (0)