“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Kataloniya jamoasi “Valensiya”ni mag‘lub etgan (7:0) o‘yindan so‘ng sherigi Luis Suaresga to‘pni olish huquqini berdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Mazkur o‘yinda argentinalik xet-trik, urugvaylik esa pokerga erishdi. Messi urgan to‘plardan biri karyerasidagi 500-gol bo‘ldi.
Klub boshlig‘i Karles Naval hakam hushtagi yangraganidan so‘ng Messiga jamoalar o‘ynagan to‘pni esdalik uchun olib qolishni taklif etdi, biroq Lionel bundan bosh tortdi. To‘pni Suaresga berib, o‘ziga esa boshqa to‘pni olib qoldi.
Izoh (0)