Saudiya Arabistoni AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibida Suriyada quruqlikdagi operatsiyalarda ishtirok etishga tayyor. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri malahatchisi, general Ahmad Asiriy ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters.
Asiriy gap IShIDga qarshi kurash haqida ketayotganligini bildirdi. O‘tgan yil dekabrida Saudiya Arabistoni terrorizmga qarshi 34 davlatdan iborat islom harbiy koalitsiyasi tuzilganini ham e’lon qilgan, mazkur ittifoq tarkibiga Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Qatar, Kuvayt va boshqa mamlakatlar kirgandi.
Izoh (0)