“Ishlayotgan xato qiladi”, — degan siyqasi chiqqan gap bilan vaqtingizni olmoqchi emasmiz. Tan olamiz, bizdan xatolik o‘tdi — tungi navbatchilik vaqtida muallif adashib, “2001” o‘rniga “2011” deb yozib yuborgan, musahhih esa, baxtga qarshi, bu xatolikni payqamagan.
Biroq kelajakda bunday holatlar takrorlanmasligi yo‘lida tinimsiz harakatdamiz — faktlar bilan bog‘liq xatoliklar qayd etilmasligi hamda Sizga eng maqbul axborotni yetkazish uchun eng yaxshi mualliflarni, imloviy xatolar bo‘lmasligi uchun esa eng yaxshi musahhihlarni “Daryo”ga jalb etyapmiz.
Agar “Daryo”ning biror sahifasida imloviy yo fakt bilan bog‘liq xatolikni ko‘rsangiz, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz yoki info@simple.uz elektron pochta manzili orqali bu haqda bizga bildiring — biz uni albatta to‘g‘rilaymiz va Sizning bu boradagi yordamingizni yuksak qadrlaymiz.
Biz tanqid va takliflar uchun ochiqmiz. Ularni ko‘rib chiqish, kerakli xulosa chiqarish va o‘z tajribamizni yanada oshirishdan charchamaymiz. Aynan Sizning o‘rinli tanqidlaringiz, qimmatli tavsiyalaringiz va foydali takliflaringiz tufayli “Daryo” bugungi darajasiga yetib keldi.
Xatolik uchun Sizdan uzr so‘raymiz.
Farhod Fayzullayev,“Daryo” internet-nashri rahbari
Izoh (0)